Yangiliklar
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI “HAY’AT YIG’ILISHI” BO‘LIB O‘TDI
3-may 2025-yil
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI “HAY’AT YIG’ILISHI” BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 3-may kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tasarrufidagi tuman, shahar MMTB rahbarlari, ta’lim sifati, ma’naviy muhit, iqtisod va moliyaviy yo‘nalishlar ma’sullari, ta’lim muassasalari vakillari va faxriy ustozlar ishtirokida navbatdagi “Hay’at yig‘ilishi” o‘tkazildi.
Yig‘ilish boshqarma boshlig‘i U.Shukurov raisligida olib borilib, bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini yaxshilash, oʻquvchilarni ikkita til va bitta kasbni egallashlariga koʻmaklashish, pedagoglarning malaka toifalarini yanada yaxshilash yoʻnalishidagi mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Unda Boshqarma boshlig’i tomonidan ta’lim sifati samaradorligini oshirish, ustozlarni malaka toifalarini ko’tarish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichini oshirish va maktablardagi ma’naviy muhitni yaxshilash yo‘nalishlarida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar bisyor ekanligi ta’kidlandi.
Yig'ilish davomida aynan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni oliygohlariga kirish ko’rsatkichini yaxshilash va boshqa yo‘nalishlarda kamchiliklarga yo’l qo’ygan maktab rahbarlariga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish hamda intizomiy jazo-choralarini qo’llash bo‘yicha ko’rsatmalar berildi.