Sayt test rejimida ishlamoqda

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan murojaati

.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan murojaati

MUROJAATNOMA

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab  taʼlim tizimida Korrupsiyani oldini olish yuzasidan

Hurmatli maktabgacha va maktab  taʼlim tizimi  rahbarlari, xodimlari, ota-onalar va fuqarolar,

Mamlakatimizda 2025-yil may oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” – deb eʼlon qilingan. Boshqa sohalar qatori ushbu oylik doirasida maktabgacha va maktab taʼlim tizimida  ham korrupsiyaviy xolatlarni oldini olishga qaratilgan ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni targʻib qiluvchi  “Halollik maskani” nomli burchaklar tashkil etilib, “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida maʼnaviyat soatlar, ochiq darslar oʻtkazildi. Tizim xodimlari oʻrtasida  ochiq muloqotlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

        Umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga oʻquvchilarni qabul qilish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishda (my.maktab.uz) va yoʻqotilgan shahodatnomalarni qayta tiklashda  (dublikat) onlayn elektron tizim joriy etildi.

 Taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli, korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymagan holda oʻtkazish, oʻquvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, fidoiylik, halollik ruhida tarbiyalash uchun  oldimizda bir qator dolzarb vazifalar turibdi.

Xususan, taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash mezonlariga rioya qilgan holda shaffof baholash;

Yangi baholash tizimi boʻyicha oʻquv yilining xar chorak yakunida oʻtkaziladigan choraklik summativ baholash jarayonlarini adolatli, xolisona oʻtkazish;

Fan olimpiadalarini tashkil etish va oʻtkazishda oʻquvchilar bilimini belgilangan mezonlarga amal qilgan holda adolatli baholash;

Oʻqituvchilarga ustama haqlar belgilashda ular faoliyatini belgilangan tartib va mezonlarga qatʼiy amal qilgan holda toʻgʻri va shaffof baholash;

Kuzatuv kengashi tomonidan taʼlim muassasasi direktori va direktor oʻrinbosarlarining boshqaruv faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda oʻquvchilar, ularning
ota-onalaridan noqonuniy pul yigʻimlari undirilmasligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

Oʻquvchilarni 1-sinflarga, ayniqsa rus sinflarga qabul qilishda amaldagi tartib va mezonlarga amal qilish, korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

Xodimlarni ishga qabul qilish va dars soatlarini taqsimlashda amaldagi tartib-qoidalarga rioya qilgan holda, taʼmagirlik, poraxoʻrlik kabi hollatlarga yoʻl qoʻymaslik.

Xususan:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat shaffofligini taʼminlash boʻyicha ichki tekshiruvlar oʻtkazildi;

Ota-onalar ishtirokida jamoatchilik kengashlari faoliyati kengaytirildi;

Qonuniy toʻlovlar va homiylik yordamlarini rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomalar yangilandi;

Tarbiyachilar va maʼmuriy xodimlar uchun "Odob-axloq va halollik darslari" oʻtkazilmoqda.

Biz bu ishlarni muntazamlikka aylantirish va tizimli asosda davom ettirish tarafdorimiz.


Maktabgacha taʼlim — bolaning hayotdagi birinchi taʼlim maskani. Bu yerdagi har bir qaror, har bir amaliyot soflik va adolat tamoyili asosida boʻlishi shart. Shu munosabat bilan:

Elektron navbat, qabul va ishga olish jarayonlarini raqamlashtirildi;

Moliyaviy maʼlumotlarni jamoatchilikka oshkora taqdim etish choralari koʻrilmoqda;

Nazorat va tekshiruv jarayonlariga ota-onalar va mahalla faollari jalb qilinmoqda;

 

Hurmatli ustozlar va  ota-onalar! Siz faoliyat koʻrsatayotgan yoki farzandingiz taʼlim-tarbiya olayotgan muassasadagi har qanday qonunbuzarlik va korrupsiyaviy holatlarga beeʼtibor boʻlmang.

Farzandlarimizni sogʻlom, Vatanga muhabbat, fidoiylik, halollik ruhida tarbiyalash, qolaversa, muassasa oʻqituvchi va oʻquvchilari jamoalari oʻrtasida sogʻlom, doʻstona muhitni yaratishda sizning  faolingingiz katta ahamiyat kasb etadi.

 Agar siz taʼlim muassasalarida har qanday noqonuniy yoki korrupsiyaviy  holatlarni sezsangiz quyidagi ishonch telefonimizga murojaat qiling: 74-228-25-59

Muassasa faoliyatida jamoatchilik asosida ishtirok eting;

Bolalar uchun sogʻlom muhit yaratilishida sizning faolligingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shaffof, adolatli va korrupsiyadan xoli taʼlim tizimini shakllantirish uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Farzandlarimiz sof muhitda ulgʻayib, bilimli va vatanparvar shaxs boʻlib yetishishi — bizning bugungi saʼy-harakatlarimizga bogʻliq.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb