Yangiliklar
ANDIJONDA "JADIDLAR IZIDAN" RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI
18-noyabr 2024-yil
Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabida ushbu tanlovning Andijon viloyati bosqichi oʻtkazilib, unda quyi bosqichlarda 40 mingdan ortiq tengdoshlari ichida eng sara deb topilgan 32 nafar oʻquvchi-yoshlar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.
Jadid bobolarimiz tarixiga oid badiiy chiqishlar bilan boshlangan musobaqa murosasiz baxslarga aylanib, yakunda 6-8-sinflar ichida Zilolaxon Muhammadvaliyeva (Ulugʻnor tumani), 9-10-sinflar ichida Buloqboshi tumani vakilasi Shodiyona Rahmatjonovalar (Buloqboshi tumani) Respublika bosqichi yoʻllanmasiga ega chiqib, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati