Yangiliklar
ANDIJONLIK O'QUVCHI BOLA OSIYO KUBOGI O'YINLARI G'OLIBI...
22-aprel 2025-yil
Xabaringiz bor joriy yilning 20-aprel kuni O'n yetti yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Saudiya Arabistonida o'tkazilgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritishdi O'zining yorqin iste'dodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko'rsatgani, Osiyo kubogini qo'lga kiritib, o'zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochdilar.
Quvonarlisi, ushbu musobaqada Andijon farzandi, Andijon shahar 31-umumta'lim maktabning 10-sinf o'quvchisi Dilyorbek Mahmudjonov ham ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi iqtidorli o'quvchimizni yuksak natijalari bilan tabriklagan holda kelajakdagi ishlarida ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati